Ish jarayoni
Ilmiy ishni raqamlashtirish nima?
Bu — dissertatsiyaning amaliy qismini haqiqatda ishlaydigan dasturga aylantirish. Ilmiy ishda taklif qilingan model, metodika yoki algoritm qog‘ozda qolmasdan, virtual laboratoriya, veb-platforma, mobil ilova yoki Windows dasturi ko‘rinishida ishlay boshlaydi. Himoyada uni ochib ko‘rsatasiz, amaliyotga joriy etish uchun esa tayyor materiallar qo‘lingizda bo‘ladi.
Dissertatsiyaning amaliy qismi uchun qanday dastur kerak?
Mavzuga bog‘liq. Tajriba va o‘lchov bo‘lsa — virtual laboratoriya yoki simulyator. Ma’lumot to‘plash va tahlil bo‘lsa — admin paneli bilan veb-platforma. Kundalik foydalanish nazarda tutilsa — mobil ilova. Hisob-kitob va modellashtirish bo‘lsa — Windows dasturi. Birinchi suhbatda ilmiy ishingizga qaysi biri to‘g‘ri kelishini aniqlaymiz.
Ishni boshlash uchun mendan nima kerak? Boshqa viloyatda yashasam-chi?
Ilmiy ishingizning o‘zi yoki avtoreferati, amaliy qism tavsifi va — agar bo‘lsa — misol ma’lumotlar (jadval, o‘lchov natijalari, formulalar). Tayyor hujjat bo‘lmasa ham bo‘ladi: og‘zaki tushuntirsangiz, biz yozib chiqamiz va tasdiqlashga beramiz. Hech qanday oldindan to‘lov so‘ralmaydi — avval texnik topshiriq kelishiladi. Butun ish masofadan olib boriladi: mijozlarimiz O‘zbekistonning turli viloyatlarida, uchrashish shart emas.
Necha kunda tayyor bo‘ladi?
Oddiy virtual laboratoriya yoki bitta bo‘limli dastur — 2 haftada. O‘rtacha platforma — 3–5 hafta. Katta tizim (mobil ilova + admin panel + hisobotlar) — 1,5–2 oy. Muddat texnik topshiriqda yozma qayd etiladi va shartnomaga kiritiladi.
Dissertatsiyaning ilmiy matnini ham yozib berasizmi?
Yo‘q. Biz faqat dastur qismini ishlaymiz — ilmiy matn, tahlil va xulosalar sizniki bo‘lishi kerak. Bu printsipial: himoyada dastur haqidagi savollarga o‘zingiz javob bera olishingiz uchun ishni birgalikda tushunib olamiz va tayyor bo‘lgach batafsil tushuntirib beramiz.
2027-yildan «amaliyotga joriy etish xulosasi» bekor bo‘lsa, dastur baribir kerakmi?
Ha. PF-98 Farmoniga ko‘ra 2027-yil 1-yanvardan xulosa olish talabi haqiqatan bekor qilinadi — lekin shu bilan birga «Amaliy doktorantura (PhD)» dasturi joriy etiladi, unda dissertatsiya mavzusi sanoat hamkorining talabidan kelib chiqib belgilanadi va loyiha u bilan birga moliyalashtiriladi. Ya’ni qog‘oz talab olib tashlanmoqda, real natijaga esa aksincha ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari qabul kvotasining kamida 60 foizi ustuvor yo‘nalishlarga ajratiladi, ro‘yxatdagi birinchi yo‘nalish — raqamli texnologiyalar va ma’lumotlar tahlili; u yerda amaliy qism deyarli har doim dastur bo‘ladi.
Shartnoma va to‘lov
Shartnoma tuzasizmi? Buxgalteriya uchun hujjat berasizmi?
Ha. Shartnoma «IMAX» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuziladi — STIR 310 982 808, IT Park rezidenti. Shartnomada nima ishlanishi, muddat, narx va kafolat aniq yoziladi. Ish yakunida hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi beriladi — ish joyingiz yoki grant hisobidan to‘lash uchun yetarli.
To‘lovni qanday amalga oshiraman? Butun summani bir yo‘la to‘lash kerakmi?
To‘lov firma hisob raqamiga bank orqali o‘tkaziladi, Click yoki Payme ham bo‘ladi. Naqd pul qabul qilinmaydi — bu ikkala tomonni ham himoya qiladi. Butun summani oldindan to‘lash shart emas: bir qismi shartnoma tuzilganda, qolgani ish topshirilganda to‘lanadi. Katta loyihalarda bosqichlarga bo‘lish ham mumkin — har bosqich tayyor bo‘lgach ko‘rasiz, keyin keyingisiga o‘tamiz.
Narxi nimaga bog‘liq? Server va domen to‘lovi-chi?
Saytdagi narxlar — boshlang‘ich. Yakuniy narx funksiyalar soniga, ma’lumot murakkabligiga, dizayn talabiga va integratsiyalarga bog‘liq. Birinchi suhbatdan keyin aniq raqam aytiladi va u shartnomada qotib qoladi — keyin oshmaydi. Server va domenning birinchi yili narxga kiritilgan; keyingi yillari to‘lovi alohida va u bizning emas, xizmat ko‘rsatuvchining narxi.
Kafolat, yordam va huquqlar
Dasturga kafolat bormi? Nimani qamrab olmaydi?
Ha, 1 yil kafolat. Shu davrda dasturdagi har qanday nosozlik bepul tuzatiladi — Telegram yoki telefon orqali murojaat qilasiz, dastur ishlamay qolgan bo‘lsa birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi va imkon boricha o‘sha kuni hal qilinadi. Kafolat muddati tugagach ham tashlab qo‘ymaymiz. Kafolatga kirmaydi: texnik topshiriqda bo‘lmagan yangi funksiya qo‘shish va dizaynni butunlay o‘zgartirish — bunday ishlar alohida kelishiladi.
DGU mualliflik guvohnomasini olishga yordam berasizmi?
Ha. Dastur tavsifini, ariza uchun kerakli hujjatlarni va agentlik talab qiladigan materiallarni tayyorlab beramiz. Guvohnoma sizning nomingizga rasmiylashtiriladi — muallif sizsiz.
Dastur kimning nomida bo‘ladi? Manba kodi beriladimi?
Dastur sizning nomingizga rasmiylashtiriladi, sizning domeningizda ishlaydi va undan foydalanish to‘liq sizga tegishli. Manba kodi esa berilmaydi: dasturni biz yuritamiz, kafolat va texnik yordam ham shuning uchun ishlaydi. Ilmiy ishingiz, ma’lumotlaringiz va dastur boshqa hech kimga berilmaydi hamda boshqa buyurtmada ishlatilmaydi.
Ilmiy ishim va ma’lumotlarim maxfiy qoladimi?
Ha. Ilmiy ishingiz, mavzuingiz va ma’lumotlaringiz uchinchi shaxsga berilmaydi. Portfolioda ko‘rsatish uchun ham ruxsatingizsiz ishlatmaymiz — so‘rab olamiz, rozi bo‘lmasangiz ko‘rsatilmaydi.
Himoyada dasturni qanday ko‘rsataman?
Dastur internetda o‘z manzilida turadi — himoyada havolani ochsangiz kifoya, o‘rnatish shart emas. Internet bo‘lmasa deb noutbukda ishlaydigan nusxasini ham beramiz. Bundan tashqari taqdimot uchun ekran tasvirlari va qisqa yo‘riqnoma tayyorlanadi: qaysi tugma nima qilishini va qaysi natijani ko‘rsatishni oldindan bilib olasiz.